Prezident asarlari

Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch

“Ma’naviyat” nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini nashrdan chiqardi.

Ushbu kitobda odamzot uchun hamma zamonlarda ham bebaho boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar, islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Muallif haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi va ertangi hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim va hal qiluvchi masalalar o‘rtaga qo‘yilgan mazkur asar insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va kuchga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida har tomonlama mushohada yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratishga da’vat etishi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.

About the author

Ulug'bek Safarov

2 Comments

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.