Yangiliklar

«Islom Karimov- ozod va obod Vatan asoschisi»

   Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ijtimoiy fanlar kafedrasida 11 may kuni «9 may – Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Islom Karimov – ozod va obod Vatan asoschisi» mavzuda konferensiya o`tkazildi. Konferensiyada davolash fakultetining 201-202 guruh, OMX fakultetining, tibbiy-pedagogika va tibbiy-profilaktika fakultetlarining 201 guruhlari – rus guruhlari  talabalari ishtirok etdilar.

Konferensiyani Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.S.Atamuratova boshlab berdi. U O`zbekistonnning birinchi Prezidenti Islom Karimovning hozirgi tinch, osoyishta va farovon hayotimizdagi o`rni beqiyosligi, buni har birimiz yodda tutishimiz kerakligi haqida gapirdi.

Konferensiyani talabalar o`zlarining taqdimotlari bilan davom ettirdilar:

  1. «O`zbekistonning Mustaqillikka erishishida Islom Karimovning o`rni» – OMX fakulteti 201 guruh talabasi Belskaya Angelina.
  2. «Islom Karimov – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asoschisi» – tibbiy-profilaktika fakulteti 201 guruh talabalari Kuanishbayeva Binur va G`aniyev Rustam.
  3. «Islom Karimovning milliy-ma`naviy tiklanish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati» – davolash fakulteti 201 guruh talabalari Otajonov Timur va Haydarov Jaxongir.
  4. «Islom Karimov va O`zbekistonning iqtisodiy yutuqlari» – tibbiy pedagogika fakulteti 201 guruh talabalari Valijonova Diyora, Narziyeva Zebo va Shavkatova Nilufar
  5. «Islom Karimov O`zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati tashabbuschisi» – davolash fakulteti 202 guruh talabalari Raxmatullayev Akrom va Kochkarova Guzal.
  6. «Islom Karimov: «Mafkura – millat, jamiyat va davlatni birlashtiruvchi kuchdir» – davolash fakulteti 201 guruh talabalari Xamrayeva Umida va Raxmonova Nilufar.
  7. «O`zbekistonning jahon miqyosida obrusini o`shishida Islom Karimovning o`rni» – davolash fakulteti 401 guruh talabasi Erkaboyev Shoxrux va 202 guruh talabasi Pulatova Sitora.

  Talabalar konferensiyada faol qatnashishdiiar, savollar berdilar  va o`zlarining fikrlarini bildirdilar. O`zbekiston tarixida Birinchi Prezidentimizning o`rni beqiyos va talabalarning chiqishlari, fikrlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, yoshlar Islom Karimovni har doim qalblarida abadul abad saqlashadi, unga munosib farzand bo`lishga va davlatning rivojiga o`z hissalarini qo`shishga harakat qilishadi.

   Konferensiya yakunida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Norqulov S.D. barcha konferensiya qatnashchilarga sertifikatlar topshirdi, ularga o`qish va hayotlarida  muvaffaqiyatlar tiladi.

Fotolavhalar:

About the author

Ulug'bek Safarov

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.