Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Yangiliklar

Tibbiy-pedagogika fakulteti 302-guruh talabasi Fayziyeva Feruzaning «ONA ZAMIN» nomli she’ri

ONA ZAMIN

Senga aytar so’zlarim bisyor

Sen onamsan, ey ko’hna zamin

Sirdoshim, deb aytganlarim bor

Sen qa’ringga sig’dirding barin

Qabul etding yaxshi-mi , yomon

Va yo joxil, nokas kimsani

Bir tup nihol ekkanim hamon

Undirding xush, nafis mevani .

Ne qudrating bordir qa’ringda

Bor olamni tutib turasan

Men ulg’ayib, undim bag’ringda

Sen bolalik gashtin surasan .

Ko’zlarimga surtayin seni

Quchib, yuragimga bosayin

Olganingda bag’ringga meni

Tuyay seni beozor, mayin

 Tibbiy-pedagogika fakulteti 302-guruh talabasi Fayziyeva Feruza

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.