Aholisi

O’zbekistonda doimiy istiqomat qilayotgan aholi soni 2014 yilning 1 yanvar kuni holatiga ko’ra 30,5 million kishini tashkil etadi.

2000 yildan 2014 yilgacha O’zbekiston fuqarolari 5,5 million kishiga ortgan va 25 milliondan 30,5 milliongacha ko’paygan.Tug’ilish ko’rsatkichi 2012 yilda 21 promilleni, o’lim ko’rsatkichi esa 4,9 promilleni tashkil etdi.

2012 yil davomida mamlakat aholisi soni 439,2 ming kishiga yoki 1,5 foizga ko’paygan. Aholining 51,1 foizi (15,315 million nafari) shaharlarda istiqomat qilayotgan bo’lsa, 48,9 foizi (14,679 million nafari) qishloq joylarda yashaydi.

O’zbekiston MDH davlatlari orasida so’nggi o’n uch yil ichida aholi soni o’sishi eng yuqori sur’atlarga ega bo’lgan mamlakat hisoblanadi.

2014 yil boshiga viloyatlar kesimida O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni:

  • O’zbekiston Respublikasi, jami 30492,8 ming kishi, shu jumladan:
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi — 1736,5 ming kishi
  • Andijon viloyati — 2805,5 ming kishi
  • Buxoro viloyati — 1756,4 ming kishi
  • Jizzax viloyati — 1226,8 ming kishi
  • Qashqadaryo viloyati — 2895,3 ming kishi
  • Navoiy viloyati — 901,1 ming kishi
  • Namangan viloyati — 2504,1 ming kishi
  • Samarqand viloyati — 3445,6 ming kishi
  • Surxondaryo viloyati — 2308,3 ming kishi
  • Sirdaryo viloyati — 763,8 ming kishi
  • Toshkent viloyati — 2725,9 ming kishi
  • Farg’ona viloyati — 3386,5 ming kishi
  • Xorazm viloyati — 1684,1 ming kishi
  • Toshkent shahri — 2352,9 ming kishi

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.