O’begim ,O’zbegim, O’zbekistonim
Bunchalar go’zalsan ,bunchalar buyuk
Bugun chiroyinga men bir she’r yozdim
Asli senga tarif berolmas hech kim
Qancha kunlar o’tdi sening boshingdan
Azob uqubatu yana nelardur
Kuchli bo’lding yengding bularning barin
Mustaqil davlatga aylanding chindan
Ega bo’lding madhiyang ramzlaringa sen
Har tong g’urur bilan tinglaymiz uni
Qo’limiz ko’ksimizda iftixor bilan
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni
Ilm fan yuksaldi juda tezlikda
Yoshlarga imkoniyat berildi bunda
Internetmi kitobmi barchasi to’kis
Bizlar o’qiyotgan bilim yurtida
Beshta strategiya yuksak g’oyadir
Yurt yuksalishga zinapoyadir
Besh xil ranglar ostida harakatdamiz
Eng buyuk davlatga aylanamiz biz
Bu yurtda kop imkoniyat kopdir ilg’or tashabbus
Erinmay qilgin mehnat yuksak rejalarni tuz
Tuzdilar besh tashabbus yurtboshimiz tog’imiz
Barchasi bizlar uchun porloqdir iqbolimiz
Ilk tashabbus sanatga adabiyoyga atalgan
Ikkinchi tashabbusda sportga ko’z qadalgan
Uch ,to’rtinchi tashabbuslar har sohada kerakdir
Tun-u kun zarur internet va kitobdir
Beshinchi tashabbus bu xotin qizlar bandligi
Budir xotin qizlarga e’tibor balandligi
Doim sergak turing va axil bo’ling
Vatanni qo’riqlang to’rtta tomondan
Shunda baxtga to’lar har bir kuningiz
Bu go’zal betakror O’zbekistoda
Yurtboshim bo’ling omon
Siz doimo xalq tomon
Sizda Temurning qoni
Siz chin o’zbek o’g’loni
Keling Vatanimizga qanot bo’laylik
Uni yuksaklarga olib chiqaylik.
Add Comment