Geografik joylashuvi

O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan bo’lib, mintaqadagi boshqa davlatlar orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos past-tekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi.

O’zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir.

Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m) tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.
Respublika hududining 1/5 qismini tog’ va tog’ oldi hududlar tashkil etadi. Sharqiy hududi o’rta va baland tog’li relefdan iborat. Mamlakat hududi G’arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog’ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo’hitangtog’ va Boysuntog’ tog’ tizmasi) tog’ tizmalari yonbag’rini o’z ichiga oladi. Janubdan g’arbga tomon ular qiyalab boradi va past-tekislikka qo’shilib ketadi. Ushbu tog’lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg’ona vodiysi -uzunligi 370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland tog’ bilan o’ralgan va faqat g’arb tomoni tekislikdir. Afg’oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.