TMA.UZ сайтининг «МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ ПОРТАЛИ» да «ТАЛАБАЛАР ИЖОДИ» рубрикаси ташкил этилганлиги муносабати билан Тошкент тиббиёт академиясининг барча ижодкор талабалари ва магистрларини ижод намуналарини (шеърлар, хикоялар, очерклар ва х.к) сайтимиз орқали эълон қилиб борамиз.
Ушбу рубрикада 2 йўналиш мавжуд:
- Талаба ижодига мансуб ҳикоялар
- Талаба ижодига мансуб шеърлар
Агарда, сизнинг ҳам ижодкорона қўлёзмаларингиз бўлса, уларни бевосита ТТА Маънавият ва маърифат портали орқали ўз мухлисларингизга таништириб боришингиз мумкин. Бунинг учун Маънавият ва маърифат бўлимига мурожаат қилинг.
ТТА Маънавият ва маърифат бўлими
Тел: (99871) 150-78-03
Jannatim onajonim
Oq yuvib oq taragan
O’zini ayamagan
Bizni har kun o’ylagan,
Jannatim onajonim!
Kechalari uxlamay
Beshigimni tebratgan,
Tongacha mijja qoqmay
Shirin allalar aytgan.
Hech kimdan kam bo’lma deb
O’zi kiymay kiydirgan.
Bolajonim,och yurma deb
O’zi yemay yedirgan.
Betob bo’lsam agarda,
Tunlar bedor o’tkazgan
Tezroq sog’aysin deya
Yaratgandan so’ragan.
Bilmay ko’nglin ranjitsam
Kechirib yuvorarlar.
Bolam, baxtli bo’lgin deb
Tangriga yolvorarlar.
Sajdagohim,mehribonim,
Chiroyligim,yagonam,
Baxtimizga doimo sog’ bo’lib yuring iloyim,
Sizni yaxshi ko’rishim yodda tuting har doim,
Azizim jonajonim,Jannatim onajonim!!!
Tibbiy biologiya fakulteti talabasi: E’zoza Yoqubova
ONA
Boshda to’la ming tashvish
O’qib, ishlab hormaymiz
Yillar o’tar yoz-u qish
Yaqin yo’qlab bormaymiz
Bugun hasham, erta to’y
Ko’ngli osmon bolani
Yilda bir bor yo’qlab qo’y
Oq sut bergan onani
So’nggi marta dona gul
Qachon berding bilmaysan
Yerni loy qilgani ul
Yoshlarin arzimaysan
Ko’chadaman, ishdaman
Tin olgani damim yo’q
Yodga olib aytsa ham
“Meni boshqa g’amim yo’q”
Gapirsang siltab qo’lin
Bir bor quloq ilmaydi
Ona tashvishlar belin
Bukkanligin bilmaydi
O’g’il esa yosh, bebosh
Kuchga to’la navqiron
Ona, so’nyotgan quyosh
Ikki kunlik issiq jon
Hayhot uy oynasi ham
Ko’cha tomon qaralgan
Kelar deb bugun bolam!
Ko’zi yo’lga qadalgan
Hayol surganicha jim
Eslab besh yosh bolani
Yetmishda-ku endi kim
Yodlar sho’rlik onani
Ham ona ham-ki padar
O’z qadriga yig’laydi
Safarda bo’lsang agar
Tunlar uyqu bilmaydi
Madorsiz qotsang, holsiz
Bolam senga ne kerak
Duogo’ying bir yolg’iz
Onang axir toshyurak
Boshda to’la ming tashvish
O’qib ishlab hormaymiz
Yillar o’tar yoz-u qish
Onam debon bormaymiz
Qidirganga sabab bor
Tugamaydi baxona
Kutib turar yor nigor
Ona axir yagona
Gohida yo’qlab boring
Ko’rib ko’ngli to’ladi
Borida duo oling
Erta bir gap bo’ladi
Meros Momo Havodan
G’amin yutib yashamoq
Qolgan Odam Atodan
Bolam deya jon bermoq
Yillar o’tib seni ham
Qo’llaring aso tutgay
Faryod ayla “kel bolam!”
Farzandlaring unutgay
Qaytar dunyo deganlar
So’zlarim eslab qoling
Diydor bilmay yurganlar
Onadan xabar oling!!!
Yoldoshev Shukurjon Davolash fakulteti
ҲИКОЯЛАР РУБРИКАСИ >>>
ШЕЪРЛАР РУБРИКАСИ >>>