Hayotning sinovi turfa xil go’zal
İymonsiz yashagandan o’limdir avzal
Ollohni bilmasdan to’qima g’azal
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Hayotda yaxshilik qolgaydir asli
Gunohkor bandaning bo’lmagay qasri
Tuproqdan yasalgan odam zod nasli
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Hurmating o’lchaydi mol-dunyo bilan
Qo’l siqib do’stona yomonlar dildan
Shirin so’z ham chiqgay iymonsiz tildan
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Omonat dunyoda umrdir g’animat
Savob ishlaringni qilmagin minnat
Kun kelib bu ishing tushgaydir qimat
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Kun kelib o’lsangda qutuldim dema
Birovning haqqini nigohon yema
Olloh qalbimda gunohsizman dema
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Yolg’onlar yig’ilib marjon yasaydi
Gunohkor o’zicha to’g’ri yashaydi
Gunohin bilmasdan qadam tashlaydi
Qiyomat yaqindir shoshilgin odam
Do’stim kech bo’lmasdan ochaqol ko’zing
İymonla yashagin yoritgin yuzing
Ollohga ishonib so’zlagin so’zing
Qiyomay yaqindir qiyomay yaqin
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Tibbiy profilaktika fakulteti
402- guruh talabasi
HİKMATOV DOSTON
Add Comment