Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

13-noyabr Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakultetining Oliy hamshiralik ishi yo’nalishining bitiruvchi talabalaridan 23 nafari bo’sh vaqtlarida bandligini ta’minlash maqsadida  Shayhontohur tumanidagi 45-Oilaviy poliklinikada patronaj hamshirasi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Tibbiyot xodimlari kuni bayram munosabati bilan poliklinikada tadbir tashkil etildi. Tadbirda 45-Oilaviy poliklinika  ma’muriyati, poliklinika xodimlari, hududdagi  «O’zbekiston», «Huvaydo», «Bo’ston», «Zafarobod» MFY raislari, TTA xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda talabalar tomonidan «Kelinlar qo’zg’oloni» teatr spektalidan sahna ko’rinishi, kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Fakultet tyutorlari L.T.Davilova, F.Z.Nurimova tomonidan talabalarning ish faoliyati ham o’rganildi. Bayramingiz muborak aziz va qadrli tibbiyot xodimlari, salomatlik posponlari!