4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar Zulfiyaxonim ijodini o'rganamiz

Adiblar xiyobonida Toshkent tibbiyot akademiyasining xisobot konserti o’tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasining xisobot konserti o’tkazildi.

Adiblar xiyoboni Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun ijod makoni, jonajon dargohga aylanib qolgan. Bugun erta tongdan Zulfiyaxonimning muhtasham haykali atrofida shoira qalamiga mansub misralar, munavvar kuy-qo’shiqlar ovozi yangradi. Yil davomida shoira Zulfiyaxonim ijodini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilindi.

“Darmon” teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyishini tomosha qilishga muvaffaq bo’lgan har bir ijod ixlosmandlari bexos o’zini o’sha davrga tushib qolganday his qildi go’yo.
Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman nomli she’riyat shaydolari baxru-bayt musobaqasi dillarga yanada tarovat baxsh etdi.

Shuningdek akademiya talabalari tomonidan ijodiy kechaga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus konsert yog’ayotgan yoz yomg’iridek ko’ngillarga iliqlik bag’ishladi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.