4 tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar Zulfiyaxonim ijodini o'rganamiz

Toshkent tibbiyot akademiyasining Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti va 2-son davolash fakultetlari tyutorlari va fakultet talabalari bilan birgalikda «Adiblar xiyoboni»da she’riyat kechasi o’tkazildi.

Talabalar Zulfiyaxonim, Cho’lpon, A.Qodiriy, Ogahiy, G’.G’ulom va boshqa adiblarning hayot va ijodi bilan tanishdilar. Ko’tarinki ruhda o’tkazilgan tadbirga IIV «Birlashgan» taxririyati muhbiri, Zulfiya davlat mukofoti sovrindori, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira G.Avazova hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi N.Jumatovalar tashrif buyurishib, talabalarga adiblar ijodidan va o’zlarining she’riy parchalaridan o’qib berdilar. Talabalar tomonidan tayyorlangan she’riy chiqishlar, raqs va qo’shiqlar ham tadbirga o’zgacha zavq berdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan she’riyatxonlik, mushoira, bahrubayt musobaqalari ham bo’lib o’tdi, enf faol qatnashuvchilar taqdirlandi.

Talabalar hiyobondan ko’tarinki taassurotlar bilan qaytdilar.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.