Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya va yoshlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o‘qituvchi va xodimlari, talabalar va OAVlari xodimlari ishtirok etdi. Soha mutaxassislari yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmuni haqida gapirdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandilar. Tadbirda ishtirok etgan 200 nafar talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Add Comment