Ikki yildan beri anʼanaviy tarzda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan Intellektual Olimpiadaning Toshkent shahar saralash bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Toshkent shahridagi OTMlardan yig‘ilgan 14 ta jamoa final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bilim va strategiya bo‘yicha kurash olib bordi. Ushbu nufuzli musobaqada 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 4-o‘rinni egallab, final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Dekabr oyining o‘rtalarida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan final bosqichida jamoamiz quyidagi yo‘nalishlarda o‘z kuchini sinaydi:
- Zakovat
- Shaxmat
- Shashka
- Shaxsiy o‘yin
- Erudit kvartet
- Breyn ring
Finalda jamoamiz 4.900.000.000 so‘m miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib boradi. Bu jamoamiz uchun katta imkoniyat va mas’uliyatdir.
Jamoamizga omad va zafarlar tilaymiz! Sizning mehnatingiz va intellektual salohiyatingiz finalda o‘z samarasini beradi, degan umiddamiz.
📣Omad yor va yordamchingiz bo‘lsin!
Add Comment