Har bir oliygohda yanvar oyi yakuniga qadar OTM talabalar teatr jamoasi shakllantiriladi;
OTM terma jamoasi tomonidan teatr sahnasida tayyorlangan spektakl namoyish etiladi (bunda teatr zalida talaba-yoshlar tomoshabin sifatida ishtirok etishi shart) va to‘liq video tasvirga olinadi.
Spektakl videosi davomiyligi 80 daqiqadan oshmagan holda, HD formatda 31-mart sanasiga qadar Respublika tashkiliy qo‘mitasiga 1-prorektor tomonidan taqdim etiladi (spektakl videosini montaj qilishga ruxsat etiladi);
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan 8 ta jamoa tanlovning final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi (final odatdagidek offlayn tarzda tashkil etiladi).
Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 70 million so‘m;
2-o‘rin – 50 million so‘m;
3-o‘rin – 30 million so‘m.
Nominatsiyalar bo‘yicha:
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – 15 million so‘m;
“Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 million so‘m;
“Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 million so‘m;
“Jamoa ijodkor talabasi” – 8 million so‘m;
“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 million so‘m.
(https://drive.google.com/file/d/1eMYSZTubMtithsqkd14I_-ucTIJiO-jz/view?pli=1)Tanlov nizomi bilan tanishish (https://drive.google.com/file/d/1eMYSZTubMtithsqkd14I_-ucTIJiO-jz/view?pli=1)
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalari ushbu @RSMSMS5556 profilga ism,familiya,fakulteti va telefon raqamlarini yozishlari kerak.
Tez orada kasting bo’lib o’tadi.
Add Comment