5 ta muhim tashabbus 5 tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Tikuvchilik to‘garagi faoliyatidan

Toshkent tibbiyot akademiyasi 7-son Talabalar turar joyida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida tikuvchilik to‘garagi tashkil etilgan. Ushbu to‘garakda qizlar nafaqat tikish-bichish hunarlarini o‘rganadilar, balki tikuvchilikka oid tadbirkorlik sirlarini ham egallaydilar.

To‘garakning yana bir afzalligi – qizlar kelinlik liboslarini bezash va tikish orqali ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.

Shuningdek, to‘garak talabalarning:
Milliy urf-odat va qadriyatlarni ifoda etuvchi hamda zamonaviylik bilan uyg‘un milliy liboslarni targ‘ib qilish;
Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash, Xalqimizning ko‘p asrlik madaniyati, urf-odat va an’analarini keng ommaga yetkazish;
Estetik qarashlarni rivojlantirish va milliy liboslar orqali tashqi qiyofa madaniyatini namoyish etish kabi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tikuvchilik to‘garagi qizlarga nafaqat hunar o‘rgatadi, balki ularning kelajakdagi kasbiy va ijodiy rivojlanishlariga keng yo‘l ochadi.