5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar oshxonasida “Shohona Palov” tayyorlandi

15-yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining 7-TTJ oshxonasida Pazandachilik to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakultetlari Menejment yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab tashkil etildi. Talabalar tomonidan milliy taomimiz “Shohona palov” tayyorlandi.

Ushbu tadbir talabalar qalbida milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, Vatanga sadoqat va himoyachilarimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.