Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun intellektual imkoniyat!
Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida Zakovat Ligasiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Ushbu liga bilimdon yoshlarni birlashtiruvchi intellektual maydon bo‘lib, sizning bilim va qobiliyatlaringizni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.
Zakovat Ligasi – bu:
Fikrlash doirasini kengaytiruvchi qiziqarli savollar;
Yangi bilimlarni kashf etish imkoniyati;
Intellektual muhitda o‘z o‘rningizni topish va do‘stlar orttirish!
Tadbir o‘tkazilish sanasi va vaqti:
Haftaning seshanba kuni, soat 14:30 da savollar o‘qilishi boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
Xohlovchilar o‘rtasida Erudit-kvartet va shaxsiy o‘yinlar tashkil etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola. (https://forms.gle/8ksBm5j3Mg9MpJNH9)
Zakovat nizomi bilan tanishing. (https://t.me/tta_zakovat/1707)
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha murojaat uchun:
@king_xuja (tg://resolve?domain=king_xuja)
Bilimlaringizni charxlang va Zakovat Ligasida g‘olib bo‘ling!
Add Comment