Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun yangi imkoniyat!

TTA Yoshlar ittifoqi BT jamoasi tashabbusi bilan “EkoMed” klubi ochilishini e’lon qiladi!

“2025-yil Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yili” munosabati bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi hamkorlikda ekologiya va tibbiyot sohalarini birlashtiruvchi yangi loyihani taqdim etadi!

“EkoMed” klubi nima?
Bu klub ekologiya va tibbiyotning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga, ilmiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishga va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.

Klubning asosiy maqsadlari:
Talabalarning ekologik va tibbiy bilimlarini oshirish;
Ekotibbiyot bo‘yicha ilmiy tadbirlar va treninglar tashkil etish;
Ekologik madaniyatni shakllantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha loyihalar yaratish.

Klubda sizni nimalar kutmoqda?
Atrof-muhit monitoringi va ekologik tadqiqotlar;
Amaliy loyihalar va ekologik tadbirlar;
Yangi bilimlar, do‘stlar va o‘zingizni rivojlantirish uchun imkoniyatlar!

Kimlar a’zo bo‘lishi mumkin?
TTA bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda Toshkent shahri va viloyatlaridagi boshqa tibbiyot oliygohlaridan ixtiyoriy ravishda qo‘shilishni istaganlar.

Qanday qo‘shilsa bo‘ladi?
Ushbu qilingan onlayn so‘rovnomani to‘ldiring.
So‘rovnoma havolasi (https://forms.gle/R9B19ZK3mzsrc69UA)

Klub faoliyatida ishtirok eting va o‘z hissangizni qo‘shing!

EkoMed – 2025-yilning ekologik maqsadlarini amalga oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Atrof-muhitni muhofaza qilish bugun boshlanadi. Birgalikda ekologik muammolarni hal qilaylik va sog‘lom kelajak uchun hissa qo‘shaylik!