1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Muvaffaqiyat sari ilk qadam” davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi BT huzuridagi Med Mentor Circle klubida “Muvaffaqiyat sari ilk qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni akademiyamizning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor T.A.Bobomuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan iqtidorli talabalar:
•Laylo Nurullayeva – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
•Azizbek Nazarov – “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi;
•Shahzoda Hakimova – Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibi;
•Sardorxon Gaibnazarov – Farobiy stipendiyasi sohibi, Mirzo Ulug‘bek vorislari respublika tanlovi g‘olibi;
•Jursinoy Saparbayeva – Farobiy stipendiyasi sohibi, Mirzo Ulug‘bek vorislari respublika tanlovi g‘olibi.

Mavzularga bag‘ishlangan muhokamalar:
•Nomli stipendiya va davlat mukofotlariga hujjat topshirish jarayonlari;
•Ilmiy maqolalar tayyorlashda muhim jihatlar;
•Shaxsiy muvaffaqiyatga erishish yo‘llari.

Davra suhbati davomida talabalar o‘z savollariga javob oldilar, iqtidorli tengdoshlarining qimmatli maslahatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

TTA Yoshlar ittifoqi BT huzuridagi Med Mentor Circle klubi kelgusida ham intellektual va ilmiy tadbirlar bilan talabalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!