1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi da yoshlar hayotiga bag‘ishlangan yirik tadbirlardan biri — «Talabalik bahori» festivali har yili ko‘tarinki ruhda o‘tadi

Toshkent tibbiyot akademiyasi da yoshlar hayotiga bag‘ishlangan yirik tadbirlardan biri — «Talabalik bahori» festivali har yili ko‘tarinki ruhda o‘tadi 

An’anaviy tarzda tashkil etilgan  yangi mavsumning  musiqiy-badiiy shou dasturida oliygohning barcha kafedralari faol ishtirok etib, talaba yoshlar o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.

Konsertning ikki kun qizg‘in davom etgan dasturida milliy an’analar tarannum etildi, turli xalqlarning madaniy rang-barangligi namoyon qilindi. Festivalda o‘zaro sog‘lom raqobat, hamkorlik va do‘stlik muhiti ustuvorlik qildi. Bu esa talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, g‘oya va tashabbuslarini bir maqsadga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

«Talabalik bahori» festivali — bu shunchaki konsert emas, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan, ijodiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Talabalik bahori Talabalik bahori

Talabalik bahori Talabalik bahori