Toshkent davlat tibbiyot universitetida biznes karyera marafoni bo‘lib o‘tdi!
2025-yil 24-iyul kuni universitetimizda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tibbiyotda karyera, biznes va liderlik sinergiyasi” mavzusidagi biznes karyera marafoni muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Tadbirda yosh mutaxassislar, talabalar, bitiruvchilar, startap asoschilari hamda yetakchi ishbilarmonlar ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishdilar.
Motivatsion sessiyalar
Master-klasslar
Panel muhokamalar
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Eng faol ishtirokchilar va eng yaxshi startap g‘oya mualliflari esdalik sovg‘alari va inkubatsiya dasturi bilan taqdirlandilar.
Ushbu marafon tibbiyot sohasidagi yoshlar uchun karyera, tadbirkorlik va liderlik salohiyatini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochdi!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti – kelajakka ishonch bilan!
Add Comment