#Dolzarb90kunlik #MiniFutbol #Voleybol #StolTennis #Shaxmat #TDTU #SportHayotimizda
Toshkent davlat tibbiyot universitetida mini-futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda!
“Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida 12 ta fakultet sport jamoalari o‘rtasida sport mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda. Ushbu musobaqalar talaba-yoshlar orasida jamoaviy ruh, do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni kuchaytirmoqda.
Haftalik reja asosida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar yoshlarning jismoniy chiniqishi, sport ko‘nikmalarini oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Universitet sport jamoalari ichki va hududiy musobaqalarda munosib natijalar bilan faol ishtirok etmoqda.
Add Comment