Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

SEN BAHORNI SOG’INMADINGMI?(A ORIPOV)

БАҲОР ( АБДУЛЛА ОРИПОВ )
Sen bahorni sog’inmadingmi?(A Oripov)
Sizib chiqar ko’zimdan sog’inch,
Kelgin bahor sog’indim seni.
Sezilar har so’zimdan sog’inch,
Kelgin bahor sog’indim seni.
Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog’imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog’indim seni.
Bir yon g’urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo’q bir sen menla hamsuhbat,
Bo’lgin bahor, sog’indim seni!
Boshda sarson paydar-pay o’yim,
Sezilmaydi senla qayg’uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro’yim,
So’lg’in… Bahor sog’indim seni!
Tabiatning ko’zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko’nglim to’q,
Sendan boshqa sog’inganim yo’q,
Tushun bahor sog’indim seni!
Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig’lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog’indim seni,
Gulgun Bahor sog’indim seni,
Ex “GULBAHOR” sog’indim seni!