So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarga mo‘may daromad taklif etayotgan noqonuniy tadbirkorlar ko‘payib bormoqda. Ayrim yoshlar bu kabi takliflarni so‘rab-surishtirmasdan, ko‘r-ko‘rona qabul qilishi oqibatida firibgarlar domiga tushib qolayotgani sir emas. Mamlakatimiz bo‘ylab start olgan “Xavfsiz va Sog‘lom Poytaxt” oyligi doirasidagi kompleks chora-tadbirlar jarayonida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlar aniqlangan.
Bugun TTA talabalari bilan o‘tkazilgan tadbir “Xavfsiz va Sog‘lom Poytaxt” oyligi doirasida, giyohvand moddalariga qarshi kurash mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda:
• Olmazor tumani IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.J.Karimov,
•5-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mirzarahimov,
•5-sonli IIB XPB boshlig‘i podpolkovnik H.A.Baymanov,
•TTA profilaktika katta inspektorlari ishtirok etdilar.
Talabalarga sodir etilayotgan jinoyatlar va ularni oldini olish borasida qilinayotgan tezkor targ‘ibot tadbirlari, shuningdek, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarining mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Add Comment