1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan intellektual tadbir o‘tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan intellektual tadbir o‘tkazildi.

Hafta davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab qiziqarli va mazmunli tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarning bir qismi sifatida harbiy yo‘nalish talabalari va muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Natijalar:
1-o‘rin: Jangchilar
2-o‘rin: Kristall
3-o‘rin: MedStrike

G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari va ramziy kubok bilan taqdirlandilar.

Bunday tadbirlar nafaqat bilim va intellektual salohiyatni rivojlantirish, balki vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

TTA Yoshlar ittifoqi har doim talabalarning ijtimoiy, intellektual va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.