Тиббий профилактика факультети, 1-босқич талабаси Қобилова М. шеърий тўпламини эътиборингизга ҳавола қиламиз.
Jonim Vatan
Men ingalab kelgan dunyosan,
Suving ichdim, azim daryosan,
Bu dunyoda o`zing tanxosan
Jonim Vatan, jahonim Vatan
Sen onamning g`amgin allasi,
Sen kuyimning avjli pallasi,
Shukur, kimman –o`zbek bolasi,
Tomirdagi qonimsanVatan
Ilk qadamim bosgan ostonam
Kindigimning qoni to`kilgan.
Sening ila yashnar qalbxonam
Ko`zlarimning qarog`i Vatan
O`zing mehri eng qaynog`imsan,
Sen so`zlari bol qaymog`imsan
Onamdayin g`amimni yeysan
Onajonim, oftobim, Vatan
Men lolangman qirlarda ungan
Senga sendek mehrini qo`ygan,
Seni mendan ortiq kim suygan?
Sen suyukli qo`rg`onimVatan.
Bolalik
Tongda shabnam qo`ngan loladay
Endi tili chiqqan boladay
Ko`zlarimdan tomgan joladay
Beg`uborsan buncha bolalik
Sho`x kulgumdek yashnab ketasan
Yuragimda yashab o`tasan
Tongda turib issiq non qilgan
Munisamga o`xshab ketasan
Har bahorda qaytar qaldirg`och
Har bahorda ochilar gullar
Bolalikni eslagan damlar
Yuragimda to`la sururlar
Azizlarim
Mehr istab yoningizga shoshganimda
Tashvishlarga yana tashvish qo`shganimda
Eng baxtiyor lahzalarda jo`shganimda
Azizlarim boringizga shukur deyman
Goh yig`lasam ovutsangiz silab boshim
Kaftingizda artsangiz gar qatra yoshim
Yaqinlarim bo`lib mening siz sirdoshim
Azizlarim boringizga shukur deyman
Bitta so`zni yuzming xilda aytsa bo`lur
Dardingizni bir shirin so`z inson olur
Qolsa agar bizdan faqat savob qolur
Azizlarim boringizga shukur deyman
Yuragimning oromidir kulishingiz
O`zgachadir mag`rurona yurishingiz
Boldan totli bo`lsin sizning turmushingiz
Azizlarim boringizga shukur deyman
Konstitutsiya
Baralla tan oldi butun bir dunyo
O`zbekning origa qalqon himoya
Ajoyib fikr bu ,ajoyib g`oya
Bu o`zbek qarori ,ozbekning so`zi
Islom bobom aytgan zo`r g`oyasida
Xalqimning nomusi himoyasida
Endi o`zbek emas o`zga soyasida
Bu o`zbek qarori ,o`zbekning so`zi
Keksaga hurmat va kichikka izzat
O`zbekka g`ururdir Vatanga xizmat
Kim bo`lsin qilolmas elimga tuxmat
Bu o`zbek qarori ,o`zbekning so`zi
Onajon
Yuraging ostida men paydo bo`lib,
Quvongan ekansan sen toshib-to`lib.
Jajji mehmoningni qo`linga olib,
Iliq qarshilagan sen onajonim.
Dunyolar to`shading mening poyimga
Shukurlar aytasan har on borimga
Termulib kularsan qizalog`inga
Meni avaylagan sen onajonim
Xatolar qilsam gar tuzatding sekin,
Biror bor qovog`ing uymading lekin.
Sabrla o`rgatding, barchasin sekin.
Yomon so`z aytmagan sen onajonim.
Tilingdan tushmaydi bir onga ismim,
Husningdan andoza mening ham husnim
Duolaring bilan obod manzilim
Omadim tilagan sen onajonim
Shoira qizim deb erkalab suyib
Hamisha yurasan men uchun kuyib
Bugun erka qizing baxtini tuyib ,
Men uchun omonbo`l sen onajonim.
Ta’zim
Qalam tutqazgansiz ilk bor qo`limga
Vatanga muhabbat joylab dilimga
“Hayot maktab” degan haq so`zga ta’zim
Avvalo jonkuyar ustozga ta’zim
Otamdek mo`tabar mening ustozim
Onamdek so`zlari, mehri qaynog`im
Yurgan yo`llarida ul izga ta’zim
Hammadan zahmatkash ustozga ta’zim
Hayot yo`limizning nur-ziyosisiz
Osmondagi oftobning qiyosisiz
Barchani teng bilgan oftobga ta’zim
Mehri daryo aziz ustozga ta`zim
Hayotga muhabbat siz bergan saboq
Dedingiz barchaga birdek kulib boq
Siz bildirgan cheksiz ishonchga ta`zim
Haq yo`lda bir dilkash insonga ta`zim
Inson
Sabrdan tiklangan aslida inson
Qonida ham sabr oqar shovullab
Kimdir ko`z yoshga g`arq bo`lar ammo
Bilginki yuraging tursin lovullab
Bir zumda egilgan qomatlar bisyor
Bir tunda oqargan sochlarni ko`rdim
“Yaxshilar” bir yonda qildi tomosho
“Yomonlari” bilan do`stlashib yurdim
Barchani tinglayu, qolma o`zingdan
Ahdga sodiq bol`gil, tonmas o`zingdan
Qadringa yetganga bo`lib qadrdon
Yaxshilik qilaver kelsa qo`lingdan
O`zbegim o`g`lonlari
O`g`lonlari omon yurtga yovlar soya sololmas
O`zbegim o`g`lonlarin lochin quvsa yetolmas
Temur, Jaloliddinlar qoni oqar tomirda
Alpomish avlodiga hech kimsa teng kelolmas
Tunlari osoyishta, tonglari yorug` yurtning
Alplari bo`ling omon, baxtimizga siz posbon
Siz Vatanning faxrisiz, oilangiz ishonchi
Hur Vatanim tayanchi, mard jasur aziz o`g`lon
Axir Jaloliddinda Chingizxonlar bergan tan
Buyuklar avlodisiz, sizga ishonarVatan
Siz akasiz, siz o`g`il, siz farzandsiz munosib
Qo`rg`onini asragan o`zbegim o`g`lonlari
Qachondir
Qachondir bosh uzra oralaydi oq
Qachondir ajinlar tushar yuzimga
Qachondir egilar alif qomatim
Qachondir qo`llarim bo`ladi titroq
So`zlagin
Diydor bizga nasib etganda
Armon bizlarni tark etganda
Dardlarni qo`y, baxtdan so`zlagin
Bugun baxtga qo`lim yetganda
Yaxshi niyat yarim mol deralar
Duogo`ylar omon bo`lsinlar
Go`zal orzulardan so`zlagin
Shunda orzuning bog`i gullar
Yonib tursin shu moviy ko`zing
Go`yo ko`kka chiqqandek oftob
Yig`ini qo`y, kulib so`zlagin
Dardlarimga davodir so`zing
Baland parvoz tilayman senga
Tilim – dilim doim duoda
Yuksak cho`qqilardan so`zlagin
Olloh o`zi madadkor bizga.
Kelin bo`lsin
Qishlar tugab sog`inganim baxor kelsin
Mayin shamollari tongda yuzga ursin
Bu dunyodan qizlar baxtsiz o`tmasiney
Hammaqiz ham yor-yor bilan kelin bo`lsin
Erta ochilmasin ,erta xazon bo`lar
Ish bilmagan kelin qadri arzon bo`lar
Kimlar kulib, kimlardir achinib qarar
Kelin bo`lsa, ulg`ayib so`ng kelin bo`lsin
Tunlar turib farzandiga alla aytsin
Bolasiga atabs hirin nonlar yopsin
Bolajonim deya erkalatib yursin
Kelinlarning quchog`iga farzand bersin
Suyyukligin ,, begim“ deya atab yursin
Yaxshi yomon kunlarida tirgak bo`lsin
Achchiq gapin og`ir olmay kulib qo`ysin
Har bir kelin poloxmonning toshi bo`lsin
Turmushining mushtlariga chidayolsin
Qaynonasin xizmatlarin yelib qilsin
Hary o`qlasa ,,labbay” deya javob bersin
Har kelinda bolday shirinzabon bo`lsin
Sevib sevilmagan dillar
Tonga ulangan u tunlar
Uzib ,berilmagan gullar
Naxot hayotda mavjuddir
Sevib, sevilmagan dillar
Oshkor bo`lmagan tuyg`ular
Ming bor bo`lingan uyqular
Baxtini hech toparmikin
Sevib ,sevilmagandillar
Amuga teng u ko`zyoshlar
Tog`day metindir bardoshlar
Har dam olar hayolimni
Sevib, sevilmagan dillar
Bayt bitay sizga atablar
Sevmoqqa nedir sabablar
Shunchalar ham sodiqmisiz
Sevib, sevilmagan dillar
Muxabbatning bormi toti
Qancha aziz sevgi yodi
Sevilmoqqa ming bor haqli
Sevib, sevilmagan oti
Taqdir
Boshingizga tushganda tashvish
Uyingizga tashrif etsa qish
O`ngdan kelsa bir qo`rqinchli tush
Taqdir, deya qo`ya qolasiz
Taqdir nadir bilarmisiz siz?
Taqdirlamoq deganimikin
Yaxshi ishlar a`lo xulq uchun
Yaratgandan bir imkonmikin
“Taq” etib bir sho`r peshonaning
Tosh devorga tegishimikin
“Dir” deya to`xtatib ulovin
Zimdan o`ylab qolish imikin
Taqdir nadir ,nadir bu taqdir
Goh bizlarga berilgan baxtdir
Goho esa kulfatlar naqddir
Ne bo`lsa ham taqdirdir haqdir
Laylak qor
O`lkamni bezaydi qorning jilosi,
Menimcha ,bu qishning go`zal imosi.
Bolalar qiyqirib chopar ko`chada,
She`rga aylanadi qalbning sadosi.
Beg`ubor orzular kabi laylak qor,
Yengil to`zg`ib uchar biram havoda.
Tushlarimga kirib chiqar edi qor,
Ko`nglim oppoq qorga bo`lsa intizor.
Sayr etib ko`chain sira to`ymayman,
Qor bilan o`ynayman ,uni qo`ymayman.
Qalbim qishga oshiq, qorga har nafas,
Jazirama oftob ,yozni suymayman
Navro’z
Tog`lar cho`qqisidan eridi qorlar
Ko`ngildan tarqalib ketdi g`uborlar
Yurtimga yarashar bayramu to`ylar
Qushlar qanotida xush kelding Navro’z
Chuchmoma chiroyin qilmoqda ko`z- ko`z
Baxmal libosini kiymoqda olam
Bahor ta`rifiga yetmaydi hech so`z
O`lkamga xush kelding Navro’zi olam
Ariqlar shoshmoqda yo`qotib aqlin
Majnuntol nozlanib yuvar kokilin
Gullar iforiga burkanar olam
O`lkamga xush kelding ey go`zal ko`klam
Qaldirg`och in qurdi ayvonimizga
Qanotida shodlik olib keldi u
Ko`klamni sog`ingan dillarimizga
Navro’zi olamni boshlab keldi u
ТТА Маънавият ва маърифат бўлими
Add Comment