She'rlar Talabalar ijodi

FARZANDLARING BIRLASHDIK YURTIM!

 

Vatanim madhingni kuylamoq uchun,

Sening bang’ringda yashamoq uchun,

Har qarich yeringni asramoq uchun,

Farzandlaring birlashdik bu kun.

Vatanni asramoq farzdir bizga,

Bag’rida yashnamoq baxtdir bizga,

Vatanim ishonching oqlamoq uchun

Farzandlaring birlashdik bu kun.

Kimdir yashar voha, kimdir vodiyda,

Kimdir g’olib ilmda, kimdir sportda,

Madhing kuylab taratmoq uchun,

Farzandlaring birlashdik bu kun.

Yillar o’tar osuda, ba’zan jòshqin,

Yurtim quvonch, goh sinov qurshovidasan

Bugun shunday xatarli onda,

Farzandlaring birlashdik bu kun.

Biz mard bobolar avlodimiz,

Beruniy, Ibn Sino izdoshimiz,

Ajdodlarga munosib bo’lmoq uchun

Farzandlaring birlashdik yurtim.

Vatan deya urar jo’shqin yuraklar,

Har bir farzand yurtga tirgaklar,

Keling do’stlar birga bo’laylik,

Jonajon Vatanga qanot bo’laylik!

 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Tibbiy pedagogika fakulteti

2 kurs talabasi

Òktamova Dinara.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.