1 tashabbus Bo'lim yangiliklari She'rlar Yangiliklar

Davolash ishi fakulteti 212-guruh talabasi G‘anijonov Akmalning «O‘zbek»nomli sheri !

Bir burda non bilan ariqda suving

Tomirda qoningga qon bo‘ldi, o‘zbek

Sabr tugaganda, sen qilgan sabr

Urib turgan jonga jon bo‘ldi, o‘zbek

 

Nolima, nolaga o‘rin yo‘q hozir

Bundan og‘irini o‘tkazgan xalq bu

Boshga ish tushganda yelkadosh turib

G‘am-u anduhlaring ketkazgan xalq bu

 

O‘zingga to‘q bo‘lsang, nochorni to‘ydir

O‘zbekning to‘nini kiyolmas baxil

Hayotingni exson qilgan Allohdir

Bandamisan, hargiz, o‘zni banda bil

 

Biz o‘sgan diyorni jannatiy derlar

Bunda ochlik ko‘zga ko‘rinmay ketur

Hali uzum pishar, pishar anjirlar

Hali bu kunlar ham bilinmay ketur.

 

Qara, kimlar xalq deb kurashayotir

Dunyo shovqiniga bir quloq solgin

Do‘stim, sen ham agar vatanni sevsang

Shu vataning uchun uyingda qolgin

 

Farzandi boshiga do‘ppi kiydirib

Elning xizmatiga tortar eldir bu

Kuch birlikda deya olg‘a intilib

Yurtni yelkasiga ortar eldir bu

 

Bizni chorlamoqda nurafshon kunlar

Hali davom etar bu yoniq doston

O‘zbekdek sabotli xalqing bor ekan

Qaddingni mahkam tut ey O‘ZBEKISTON.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.