Qo’limdan kelganda sehirgar bo’lsam
Bir zum yoninggizda paydo bo’lolsam
Yurgan yo’llaringiz tavob qilolsam
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Taqdirga yo’ydimda borolmasligim
Mehirli ko’zlaringiz ko’rolmasligim
Lek qalbim bir mehrga tashna bo’lganda
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Dunyo tashvishi sochga oq tushirar
Jilmaygan ko’zlarim aybim yashirar
Qalbdagi sog’inchim dardim oshirar
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Tunlariz bo’lgandir bedor men uchun
Men yashayabman dunyoda kim uchun
Jonim beray oq sut haqqi siz uchun
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Shirin so’z aytmoqni unutdim sizga
Gar aylanib qaytsa zamon ortiga
Aslo uf demasdim sizning so’zizga
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Berilsa hayotda yana bir imkon
Yonizda bo’lardim har vaqt har zamon
Endi aytganlarim bo’ldiku armon
Bosgan izlaringiz sog’indim onam
Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika fakulteti 402- guruh talabasi Hikmatov Dostonning ijodidan
Add Comment