5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi  Tibbiy profilaktika fakulteti 402- guruh talabasi  Hikmatov  Dostonning «ONAM»sheri.

Qo’limdan kelganda sehirgar bo’lsam

Bir zum yoninggizda paydo bo’lolsam

Yurgan yo’llaringiz tavob qilolsam

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

 

Taqdirga yo’ydimda borolmasligim

Mehirli ko’zlaringiz ko’rolmasligim

Lek qalbim bir mehrga tashna bo’lganda

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

 

Dunyo tashvishi sochga oq tushirar

Jilmaygan ko’zlarim aybim yashirar

Qalbdagi sog’inchim dardim oshirar

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

Tunlariz bo’lgandir bedor men uchun

 

Men yashayabman dunyoda kim uchun

Jonim beray oq sut haqqi siz uchun

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

Shirin so’z aytmoqni unutdim sizga

 

Gar aylanib qaytsa zamon ortiga

Aslo uf demasdim sizning so’zizga

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

Berilsa hayotda yana bir imkon

 

Yonizda bo’lardim har vaqt har zamon

Endi aytganlarim bo’ldiku armon

Bosgan izlaringiz sog’indim onam

Toshkent tibbiyot akademiyasi  Tibbiy profilaktika fakulteti 402- guruh talabasi  Hikmatov  Dostonning ijodidan

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.