“Tun to’la qo’shiqqa” mahliyo bo’ldim
“Yulduzlar allasi” so’zimga mushtoq
“Tun” ni “Tong” ga tutib “sog’inib” to’ldim
Bu kun “O, ijod” im “daryoday uyg’oq”
“Lahzalar” “qalam”ga “lavha” tutgulik
“Umrim karvoni” ni “yillar” da tizdim
“Hayol qanotida” baxtga yetgulik
Va “men chizolmagan suratni chizdim”.
“Bog’lar qiyg’os gulda” yayra, “Kel, bahor”
“Qayda o’z sevinchim” – ” Men tug’ilgan kun”
“Tuhfa” et “Orzu”lar, “Ko’ngil” et “gulzor”
Faqat ayblama “Biz tongni sevgan-chun”
“Bulut o’yini”da “yomg’ir” jonsarak
“Bo’ron quchog’ida”n “o’tli tomchi”lar
“Quyosh uzib ber”gan rangin “kamalak”
“Hayot jilosi” dan sirli sochilar
“Tingla bulbul” baxtning kuyin chalay men
“Mushoira”mda qol ketma yiroqlab
“Xayr endi” dema sen-la qolay men
Axir “Bahor keldi seni so’roqlab”
O, ona tabiat “bog’bon”ingman der,
“Yaratish dardi”ni pinhon quribdi
Har shoir tanida “qatra” bitib she’r
“Navoiy yuragi urib turibdi”
Sendan bir “Iltijo” ranjima faqat
Dema “o’g’irlayman qalaming bir kun”
Kel, do’stim – izdoshim bo’lgin toabad
“Mening tongim” – she’rim bo’lolsin butun!
Davolash fakulteti 409 guruh talabasi Djumayeva Farangiz
Add Comment