Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar Zulfiyaxonim ijodini o'rganamiz

ZULFIYAXONIM XOTIRASIGA BAGʻISHLANADI…

Ëàóðåàò Ãîñóäàðñòâåííîé ïðåìèè ÑÑÑÐ, óçáåêñêàÿ ïîýòåññà Çóëüôèÿ (Çóëüôèÿ Èñðàèëîâà).

Nafosat osmonining porloq yulduzi,

Ayollik xilqatining betakror izi.

Iffat-u, malohat chin muhabbatning,

Eng goʻzal siymosi, nurli gul yuzi.

U nafosat yelida uchgan shoʻx yaproq,

U ijod bogʻida bulbuldir sayroq.

Bitiklar dengizga qiyos boʻlsa gar,

U adab ummonida soʻnmas bir mayoq.

Hayoga burkabon sheʼr-u, jismini,

Barhayot ayladi qalbda ismini.

Bezadi sadoqat, muhabbat ila,

Hayot kitobining har bir qismini.

Kim oʻzidan nelar qoldirib ketdi,

Baʼzilar shunchaki yashadi, oʻtdi.

U esa xalqining qalbi qaʼridan,

Chuqur bir oʻchmas iz qoldirib ketdi.

Yashadi shu aziz el dardi bilan,

Shu yurtning buguni, ertasi bilan.

Oʻzbek ayolining tengsiz siymosin,

Koʻrsatdi olamga satrlar bilan.

Goh nadomat toshin yelkaga ortib,

Goh sogʻinch azobi koʻngliga botib.

Yashadi, umrini bezab ijod-la,

Sheʼrlardan ajib baxt hissini totib.

Erta ayriliqdan bagʻri koʻp kuydi,

Sogʻinch azobidan yuragi toʻldi.

Sinovga tik boqib taqdir oldida,

Koʻnikdi, sadoqatni suyanchiq bildi.

Matonatdan qurdi ajib imorat,

Ijoddan tolmadi, yor bilib toqat.

Hasrat-u, sevinchin yulib koʻngildan,

Qalamga bermoqdan topdi u rohat.

Vaqt oʻtar toʻxtamas, odim, qadamlar,

Baxt kelib ketguvchi deydi odamlar.

U keldi va ketdi, lekin shu baxtni,

Sheʼrlarda qoldirdi, baxtiyor damlar.

Nelarni koʻrsatsa hayot sabogʻi,

Misralarga koʻmdi, yosh-u, qarogʻi.

Oʻlmadi, jannatga uchsa-da ruhi,

Asli shoir umrining yoʻqdir adogʻi.

Endi har bir sheʼri undan soʻzlaydi,

Har satr navodek uni kuylaydi.

Mutolaa qilgan har jon qalbida nogoh,

U yana tugʻilib, yana yashaydi!!!

 

Tibbiy Profilaktika Fakulteti 2 bosqich talabasi  Gʻoyibnazarova Kumush

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.