Bo'lim yangiliklari She'rlar Talabalar ijodi Yangiliklar

Tibbiy profilaktika fakulteti 402-guruh talabasi HİKMATOV DOSTON ijodidan «Umr o’tib bormoqda» she’ri

UMR O’TİB BORMOQDA

Ota qarang umr o’tib bormoqda,

Sen ham omonatsan yorug’ olamda,

O’ylasam qalbim ham yig’laydi yana,

Ota qarang umr o’tib bormoqda.

Yosh edim so’zingga solmadim quloq,

Hayotim o’ylading tunlari uzoq,

Ko’p ekan dunyoda aldamchi tuzoq,

Ota qarang umr o’tib bormoqda.

Umr ham goh daryodek oqadi sokin,

Shaytonning bergani o’limdir tekin,

Duolar qilgaymiz kelsin deb sekin,

Ota qarang umr o’tib bormoqda.

Bugun dushmanlaring ko’zlarida nam,

Ota so’zingdadir olam mujassam,

Senday bo’lmoqlikni istayman men ham,

Ota qarang umr o’tib bormoqda.

Bolaning aytgani birinchi ona,

Dunyoda shunday zot bordirki yana,

Tangri himmati Payg’ambat sunnati,

Olamda tengsiz zot otadir ota.

 

Tibbiy profilaktika fakulteti 402-guruh talabasi HİKMATOV DOSTON