Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

9-may xotira va qadirlash kuniga bag’ishlanadi…

SHAHID KETGANLAR
Vatan uchun debon qilib bir nido,
Koʻksin parcha oʻqqa qalqon qilganlar,
Yurti uchun jonin aylabon fido,
Ajaldan qoʻrqmayin shahid ketganlar,

Oʻqlardan koʻkraklar boʻlsa ham pora,
Bir zum ham yurt tomon chekinmaganlar,
Ona tuprogʻim deb oʻlgan ming bora,
Oʻlimdan qoʻrqmayin shahid ketganlar.

Urushning shamoli yelib tursa ham,
Zinhor toʻxtamoqqa qasd qilmaganlar.
Bayrogʻiga Vatan deb qon bilan yozgan,
Ona tuproq uchun shahid ketganlar.

Erk uchun oʻgʻlin ham ayamay aslo,
Olis jangohlarda qubon qilganlar,
Frontdami! Va yoki, undan olisda,
Vatan erki uchun shahid ketganlar.

Bugun ibrat boʻlgay har oʻgʻil qizga,
Erk debon tuproqqa qorishgan qonlar.
Nomingiz yozilgan har bir qalblarga,
Oʻzbek eli uchun shahid ketganlar.

1-son davolash fakulteti 221-guruh talabasi
Qosimov Shoxrux