Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

9-may xotira va qadirlash kuniga bag’ishlanadi…

URUSH XOTIRALARDA

     Otasizlik… Ota mehridan bebahra qolish… Uni doimo xayollarida tasvirlab, qo’msab yashash… XX asr farzandlari ana shunday judoliklar girdobiga g’arq bo’lishdi. Hayotining so’nmas shamchirog’i, posbonini yoqotishga urushgina sabab bo’ldi. Bu mitti qo’lchalar ismiga qo’shimcha sifatida “ko’ngli yarim”, “yetim” so’zlari ishlatiladigan bo’ldi. Bu ne qabohat? Qanday bedodlik? Ularning gunohi nima? Shunday savollar meni chulg’ab olar ekan, ona tabiatning mayin musiqa sadolari sabab qadrdon qalamimga yo’ldosh bo’ldim. Qalbimda to’planib qolgan bor savollarimni bir-bir yozdim-da, xayollarimni gavdalantirgan fikrlarni ketma-ket bitishni boshladim.

Umidlari kulga aylangan otalar, hayotini ma’nosini yoqotgan mehrigiyolar, jigaridan ayrilgan kabutar misol yolg’iz qolgan aka-opalar…  O’tgan asr zamondoshlarining olami shunday ayriliqlar bilan bezatildi. Ko’zlaridan o’t chaqnab turadiganlar to’laligicha g’amginlik va ma’yuslik niqobini kiydilar  “Adolat” tushunchasi hammaga yotga aylandi. Ko’chalarda quvonch-u kulgi jarangi emas, balki shafqatsizlikning sovuq nafasi hukum surdi.

Xayolan tasavvur qilgan bo’lsangiz, bu urush yillaridagi o’zbekning dardini mavjlantirgan, yuragining tub tubida jo’sh urgan-u, tilda  sadosiz qolgan azoblar jamlanmasi edi.

Qalbda g’am-u ko’zda tabassum barq urishi – o’zbegimning odatiy mahorati. Yengilmas Jaloliddinlarni, To’marisdek jasur qizlarni, Alpomishdek alplarni dunyoga keltiradigan ham u. buning yaqqol dalili tariqasida urushda qatnashishni o’zini yigitlik ori deb bilgan belida belbog’i bor  (“Ikki eshik orasi” romani) kishilarni aytib o’tamiz. Xalqimiz mard, botir o’g’lonlarini ayamay Vatan oldidagi burch tomon yo’lladi. Afsuski, Ikkinchi jahon urushi o’zbegimning kulgusini yig’iga aylantirdi. Qanchadan qancha onalar farzand dog’i qanday ekanligini bilishdi. Achinarlisi shuki, ularning juda ko’p qismi xalqimiz orasidagi insonlar edi. Urushni tasodifan uyga kelgan o’grilarga o’xshatgim keladi. To’satdan keladi-yu, fayz va barakani olib ketadi, dasturxon atrofida to’planganlarni bir-biridan ayiradi. Bizga ham bu o’yin qo’llandi, biroq biz hech yengilmadik. Aksincha, irodamizni mustahkamlab, umid bilan hayotning zarbalariga dosh berdik. “Qirqqa chidagan qirq birga ham chidaydi” maqolini shior qilib, olg’a qadam bosdik. Shuncha uqubatlarga chidam, bardosh berib, asalni ta’mi kabi totlilikni his etmadikmi? Hurlikning nihoyasiz navolari sokinlik cho’mgan shaharlarni jajji bolajonlarning qiqir-qiqirlari bilan to’ldirmadimi? Harakatda barakat deganlaridek maqsadimizga erishdik. Ba’zida bularni o’ylab, xalqimizning sabriga, qanoatiga qoyil qolaman.

Ajdodlarimizgan qolgan bir ma’noli so’z bor : “Har ishda bir hikmat bor”. Ha har bir ishni yaxshilikka yoyish kerak. To’g’ri, urush hammani hayotini zulmat qildi, lekin uni deb XX asr ixtirolarga, turli xil qurol-aslahalarga boy bo’ldi. Ikkinchi jahon urushi bo’lmaganida edi, tabobat bunchalik rivojlanib ketmasdi. To’g’risini aytganda, Germaniya asrlar tufayli yangiliklar yaratuvchisi sifatida tanildi. Kishilar xastaligini tuzatish uchun yangidan yangi dorilar kashf etildi. Urush bois ko’p fanlarning ochilmagan qirralari kamaydi. Bu bizning yomonlik ortidan erishgan yutug’imizdir, balki.

Ko’pgina ijodkorlar ijod mahsuli bilan birgalikda janggohning dahshatida turishni o’zlarining majburiyatlari sanashdi. Bu mash’um yillar hammaning ongida, tafakkurida o’chmas iz qoldirdi. Yozuvchi shoirlarning asarlari, she’rlari g’amga qorishdi. Masalan, Shuhratning  “ Ona va farzand”,  “Jamila”,  “Raymonda” balladalari, “Shinelli yillar”, “Oltin zanglamas”, romanlari; O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani urushning bor mashaqqatini ko’rsatib berdi. Hayot qozonida qaynagan adib O’tkir Hoshimov shunday dedi: “Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi shundan yigirma olti million bizni odamlar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilar joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim odamlarni ham sinovdan o’tkazdi”. Darhaqiqat, tinchlik deya jon bergan, ozodlik armonga aylangan kishilar ham osha pallalarda kam emasdi. Bu kishilarni esga olaman-u, chuqur o’yga tolaman. Quyidagi misralar xayolimga quyilib kelaveradi:

O’zimniki emas bu umur

        To’la menikimas sezib turibman.

        Bir paytlar meni deb halok bo’lgan kimdir

        Men uning uchun ham yashab yuribman.

Urush nega uyushtirilar ekan-a? Mol-mulk uchunmi? Yoki yer uchunmi? Borar joyimiz bir uyum tuproq, ammo dunyolarga da’vogarlik qilamiz. Bundan maqsad nima? Nahotki inson qadridan hashamat, boylik ustun bo’lsa. Shukurlar bo’lsinkim, bugungi kun, hozirgi davr o’zgacha. Kim edik? Kim bo’ldik? Hozirda turli tuman informatsiylar, texnalogiyalar rivojlangan, insonlar o’zgargan. O’zimizdan oldingi asrchi? Zamon o’zgarishlari kam bo’lsa-da kishilar ko’zida samimiylik, rostgo’ylik charaqlab turardi. Hozir ko’pchilikni qo’lida telofon bor. Ba’zan ularni menga shu telefongina boshqarayotgandek tuyiladi, biroq urush tufayli jadallashish kuchaydi. Bu asr va insoniyatni larzaga keltirgan o’tgan asr o’rtasida go’yo bir jarlik bor shuning uchun insonlar ham, texnologiyalar ham ta’riflab bo’lmas darajada ko’p. Balki,  qadrlash gali kelgandir. Ajdodlarimiz hayotidan o’rnak olarmiz, balki.

2- son davolash fakulteti 323 – guruh talabasi Ahmadjonova    Muhayyoning

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.