Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

9-may xotira va qadirlash kuniga bag’ishlanadi…

Xotira kuni
Har o’ylagan o’yim cheksiz ummoni
Shu bir dardli kunda, yana mavjlanar
Qalbimizda doim mardlarning yodi
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
Vaxshiylarcha joningizga qildilar qasd
Bizga dedi sizlar kimsiz joyingiz past
Chidolmagan Furqatingdir, Hamza bobom
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
Dadasiz qoldiku akasiz kimlar
Jim yig’ladi, so’zlashga bo’lmadi tillar
Bor -yo’q bizga bergani ayanchli dardlar
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
Kun keladi degandi keldi kunlarim
Tinmay so’ylayverar biyron tillarim
Mustaqil yurtimda ozodman bugun
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
Nohaq otilganlar quloq bo’lganlar
Ulug’ vatanimda buyuksiz bugun
Ularga hayf bo’lgan sizdek insonlar
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
Eng yuksak alloma istedodlar siz
Har bir avlodingiz yodida borsiz
Sizni xotirlagan kunimiz bayram
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!
O’rgilay yurtimdan Boburlaringdan
Vatan deb qon to’kkan o’g’lonlaringdan
Sizni unutmaydi ulug’lar elim
Qonli o’tmishimdir Xotira kunim!

Tibbiy biologiya yo’nalishi 203 guruh talabasi Olimova Ezoza 

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.