Bo'lim yangiliklari Yangiliklar Zulfiyaxonim ijodini o'rganamiz

“Baxtim shul-o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmi premerasi bo’lib o’tdi

18 sentyabr kuni soat 18:00 da Аdiblar xiyobonida Toshkent tibbiyot akademiyasi, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK bilan hamkorlikda suratga olingan “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmi premera (https://telegra.ph/Zulfiya-09-18) qilindi. Kinokartina O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Tadbirda TTА rektori А.K.Shadmanov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori T.А.Bobomuratov, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekan muovinlari va akademiyaning iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.

Premeradan avval, akademiya rektori hamda professor o‘qituvchilar, shuningdek talabalar shoira haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar. Toshkent tibbiyot akademiyasi ijodkor talabalari qalamiga mansub hamda shoira ijodidan lavhalar tinglandi. Talabalar ijrosidagi musiqiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar ko‘ngliga iliqlik bag‘ishladi. Film stenariy muallifi Shuhrat Rizaev, rejissyor Navro‘za Biynazova, aktyorlar Lola Eltoyeva, Shahnoza Hojimurodova, Аnisa Mansurova va boshqalar maʼrifiy tadbirda ishtirok etib filmni suratga olish jarayonlari haqida fikr yuritdilar. Shu o‘rinda Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

   

   

  

   

     

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Sh.T.Beknazarova

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.