Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Farovon kelajak uchun ovoz beramiz.

Ertaga 24-oktabr. Jonajon yurtimizda muhim siyosiy jarayon–O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibmiz. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq-manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish ustuvor maqsad sanalib, bu borada jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lgan qator yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz. Ayni paytda  butun mamlakatimiz bo‘ylab ana shu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bugun saylovdan oldingi «Sukunat kuni». Qonunchilikka ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etishda esa nibatan  faolligimizni ta’kidlamoqchiman. Yosh mutaxassislarni aniqlash, salohiyatli yigit-qizlarni mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etishdagi faolligini qo‘llab–quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Boisi, bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyatimizda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yosh va malakali kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Aytish joizki, bu jarayonda xalqning saylovlarga munosabatini o‘zgartirish, ularning saylovlarda ongli ravishda qatnashishlarini ta’minlash ham eng muhim vazifalarimizdan biridir. 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tajak Prezident saylovi erkin va demokratik O‘zbekiston ravnaqining garovi ekani, yurt kelajagiga dahldorlik esa, o‘zini shu Vatan ertasiga dahldor deb sanagan har bir insonning muqaddas burchi va mas’uliyati ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Shunday ekan, saylov kuni xalqimizga xos bo‘lgan buyuk qadriyatlarimiz – birdamlik, ahillik, hamjihatlik singari yuksak fazilatlarimizni yana bir bor namoyon qilib, bu muhim siyosiy jarayonda uyushqoqlik bilan ishtirok etaylik! Har birimiz o‘zimiz tanlagan munosib nomzodga ovozimizni berish orqali O‘zbekiston atalmish jannatmonand diyorimizning ertangi yorqin va fayzli kelajagini ta’minlashga hissamizni qo‘shaylik!

TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘ayrat O‘taev

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.