🌍 Butunjahon sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarning yechimini mujassamlashtirgan g‘oyalar berish va ijtimoiy ma‘suliyatni tarbiyalash maqsadida har yili butun dunyo davlatlarida BMT modeli
𝑷𝒖𝒃𝒍𝒊𝒄 𝑯𝒆𝒂𝒍𝒕𝒉 𝑴𝑼𝑵 anjumani bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari ilk bor O’zbekistonda, “Sharq gavhari”-Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tdi.
✅ Ikki kun davomida Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ishini modellashtiradilar va Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli muammolarga yechim topishga harakat qildilar.
🌐 Shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ham ushbu anjumanda barcha ishtirokchi OTM vakillari ichida o‘z liderlik va notiqlik qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, o‘z yo‘nalishlarida
“Eng yaxshi spiker”,
“Eng yaxshi delegat”
unvonlari hamda bir qator nominatsiyalarga sazovor bo‘lishdi.
.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Add Comment