Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

TTA bosh binosida rekonstruktsiya ishlari boshlandi

 

Barchamizga ma’lumki, Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o‘quv binosini rekonstruktsiya qilish ishlarini yakunlash va hududni obodonlashtirish, zarur jixozlar bilan taʼminlash shuningdek, talabalarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 579-sonli farmoishi imzolandi. Farmoishga binoan Akademiya bosh o‘quv binosida ta’mirlash ishlari jadal boshlab yuborildi. Qurilish va rekonstruktsiya ishlari uchun davlat byudjetidan 100 mlrd. miqdorida mablag‘lar ajratildi. Shuningdek, jihozlash ishlarini bir paytning o‘zida akademiyaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Hozirgi kunda zamon talabiga mos keladigan o‘quv auditoriyalari, kutubxona, stimulyatsiya markazi, muzey, talabalarga o‘z ustida ishlashi uchun xonalar, oshxonalar, ma’ruza zallari, ma’naviyat burchaklari, labaratoriyalar qisqa qilib aytganda akademiyaning asosiy o‘quv binosini zamon talablarga mos ravishda jihozlash uchun loyihalar ishlab chiqildi. O‘ylaymizki, yaqin kunlarda akademiyaning zamonaviy bosh binosida o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.