Bo'lim yangiliklari Tyutorlik faoliyati

Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- davolash fakulteti 4- TTJ da yashovchi talabalar bilan Faqirov Alijon Zohidovich ochiq muloqat o’tkazdi.

Faqirov Alijon Zohidovich “Turon” Ilmiy Akademiyasi akademigi, “Antequy World” Xalqaro Ilmiy Akademiyasi akademigi, Rossiya “Inson salomatligi va ekologiya” Ilmiy Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq Tabobati akademiyasi akademigi, “Afrosiyob” psixologik Fanlar Akademiyasi Akademigi, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, Doktor Press, Antik Dunyo oynoma va ro‘znomalari tahrir hayatining a’zosi.

Muloqat davomida xalqimizning bebaho boyligi bo‘lgan o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, ma’naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi, bundan tashqari, O‘z hayotini xalqimizning ma’naviy kamolotiga, ona tilimizning ravnaq topishiga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlarning ulkan xizmatlari haqida o’z fikralarini talabalarga yetkazdi.

Maruza yakunida O’qituvchi tomonidan o’zining ijod mahsuli bo’lgan kitoblarni talabalarga taqdim etdilar.