5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy -pedagogik jamoasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida tibbiyot xodimlarining kasb bayramini katta tantana bilan qarshi oldilar.

Tadbir avvalida akademiya rektori, professor A.Shadmanov o’z vazifalarini sidqidildan fidokarona matonat bilan bajarayotgan tibbiyot xodimlariga salomatlik va muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqimiz salomatligini har qanday ne’matdan ustun bilib tanlagan kasbi va qasamyodiga sadoqatini o’zining halol mehnati bilan oqlab kelayotgan fidoiy shifokorlar sha’niga tahsinlar aytildi.
Ular chindan ham davrimiz qahramonlari, el boshiga ish tushganida o’z burchini ortig’i bilan bajara olgan haloskorlardir.

Tantanali bayram tusini olgan tadbirda tibbiyotimizning yetuk mutasaddilari, olim va shifokorlar, hamshiralar zimmasidagi zalvorli va sharafli vazifalar mas’uliyati haqida gapirildi.
Yangi O’zbekistonning yangicha taraqqiyot yo’lidan borayotgan oliy tibbiy ta’lim mas’uliyatini o’z zimmasiga olib, bugungi kun yoshlarini zamonaviy tibbiyot texnologiyalariga o’rgatib borishda jonbozlik ko’rsatayotgan ustozlarga sha’niga taxsinlar aytildi.

Chuqur anatomik ilmi, bor salohiyati, katta tajriba maktabi muhimi kuch va g’ayratini safarbar etib, o’z shifokorlik burchini sharaf bilan ado etayotgan salomatligimiz posbonlarini

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori qizg’in muborakbod etar ekan, ularning ustoz va shogird an’analariga sadoqati, o’qib o’rganish va yangi ilmlarni zabt etishdagi mahoratini yuksak baholadi.
Qutlug’ kasb bayrami sohiblari-faxriy ustozlar, professor va o’qituvchilarga bayram tuhfalari taqdim etildi.

          

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.