Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Axborot resurs markazida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi

 

Izlanish umr bo‘yi davom etadi. Ijodkor katta yo‘lga chiqqanda ham endi katta yo‘lning izlanishlari boshlanadi… Izlanish to‘xtagan yerda o‘sish ham to‘xtaydi, men umrning qay faslida bo‘lmasin, she’r faqat izlanish bilan yaratiladi, degan aqidaga ishonaman”                                                             Ramz Bobojon.

 

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Axborot resurs markazida  O’zbekiston xalq shoiri, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda adibning  yuqoridagi fikrlari o‘z tasdig‘ini topdi. Ma’rifiy kechada ishtirok etgan Toshkent tibbiyot akademiyasi  yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A.Bobomurotov ijodkor talaba-yoshlarni milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan shoir ijodini keng targ‘ib qilishga, uning she’riyatini mazmun-mohiyatini chuqur anglashga chorladi.

Tadbirda adibning “Hadya”, “Oltin kamalak”, “Vodiy bo‘ylab”, “Sevgi sirlari”, “Senga, sevgilim”, “Birinchi parvoz”, “Muhabbatga ta’zim”, “Sening mehring” singari she’riy to‘plamlaridan, doston, komediya va dramalaridan TTA ijodkor talabalari tomonidan namunalar ijro etildi.

    

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.