5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tyutorlik faoliyati Yangiliklar

«Ma’rifatli yoshlar-yurt ko’zgusi» shiori ostida talaba-qizlar o’rtasida «qizlar davrasi» ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, “Ma’rifatli yoshlar-yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar Maslahat kengashi va tyutorlar ishtirokida talaba-qizlar o‘rtasida “qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini ifoda eta olgan qizlarimiz har sohada faol ekanliklarini isbotladilar.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra talaba qizlarning xar biri turli nomdagi nominatsiyalar sohibi bo‘ldilar: “ENG YAXSHI TARG‘IBOTCHI QIZ” , “ENG IQTIDORLI QIZ” , “ENG CHAQQON QIZ”, “ENG IBRATLI QIZ” , “ENG PAZANDA QIZ” , “ENG YAXSHI ALLA IJROCHISI”, “ENG LATOFATLI QIZ”.
Tanlovning “TANLOV MALIKASI” sohibasi etib Raxmatullaeva Madinabonu – Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti talabasi e’tirof etildi.
G‘oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.