Toshkent tibbiyot akademiyasi «Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH» va «Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti tyutorlari «Sog’lom turmush tarzi» ni targ’ib qilish, talabalarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida talabalar o‘rtasida sportning;
⚽️ futbol,
⚾️🤾♀ voleybol,
🏀⛹️ basketbol,
🏐 qo’l to’pi musobaqalari hamda yugurish marafonlari «Shifokor» sport majmuasida tashkil etildi.
Sport o‘yinlari ko‘tarinki kayfiyatda, talabalarning o‘zaro hamjihatligida bo‘lib o‘tdi.
✅ Sport bu – go‘zallik, nafosat, jasorat, matonat va eng asosiysi salomatlikdir. Sport bilan muntazam shugʼullanib yurgan inson doimo o‘zini tetik va yengil his etadi. Muntazam ravishda olib boriladigan sport mashgʼulotlari inson organizmining faol ravishda ishlashini taʼminlab turadi.
✅Chunki mashgʼulot yuklamalari natijasida yurakning daqiqalik hajmini ortishi hisobiga qon aylanishi faollashadi.
Add Comment