5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Sport tadbirlari Sport tadbirlari Tyutorlik faoliyati

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sog’lom avlod malikalari” mavzusida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “8-mart xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag’ishlab Toshkent tibbiyot akademiyasi katta sport zalida  fakultetlararo talaba qizlari hamda ayol xodimlari o‘rtasida “sog‘lom avlod malikalari” mavzusidagi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir orqali ommaviy sport tadbirlariga xotin-qizlarni keng ko‘lamda jalb qilish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada kuchaytirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni Vatanga mehr-muhabbat, g‘urur-iftixor ruhida tarbiyalash, sport orqali yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsad qilib olindi.

Musobaqada ishtirokchilar sportning valeybol, shaxmat-shashka, stol tennis, yengil atletikaning yaqin masofaga yugurish turlari bo‘yicha do‘stona bellashdilar.

Sportning valeybol turi bo‘yicha birinchilikni 1-davolash fakulteti qizlariga nasib etdi.Talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasida 1-o‘rinni OMX fakulteti talabasi M.Jo‘rayeva, yengil atletika bo‘yicha esa tibbiy profilaktika fakulteti talabasi Z.Zoirova qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida har bir fakultetning “Sheyping” guruhi qizlari ishtirokidagi chiqishlar ham maroqli bo‘ldi.

“Sheyping” guruhi qizlari o‘rtasidagi g’oliblikni tibbiy profilaktika fakulteti qizlari qo‘lga kiritdilar.