1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

Eng faol Talabalar teatr studiyasi

 

Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat Satira teatrida OTM talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan «Eng faol Talabalar teatr studiyasi» tanlovining oxirgi mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent tibbiyot akademiyasining «Darmon» teatr jamoasi, FarPIning «QIRGULI» teatr jamoasi, UrDUning “Sayqal” teatr jamoasi hamda JizDPIning «Istedod» teatr jamoalari ishtirok etishdi. Talabalarimiz tomonidan ijro etilgan “To‘lg‘onoy” spektakli tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Spektaklda urushga jo’nab ketgan o’g’illari hamda turmush o’rtog’ini kutayotgan ayol qiyofasi aks ettirilgan bo’lib, ushbu obraz iste’dodli talabalar tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, sovuq urush yillarining ayanchli va zahmatli kunlari, insonlarning qanday qiyinchilikka to’la vaqtlarni boshidan kechirgani ko’rsatib berildi. Xakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy xulosasiga koʻra 2 ta jamoa Toshkent tibbiyot akademiyasi va FarPI teatr jamoalari final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

 

 Eng faol Talabalar teatr studiyasi

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.