4 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Tanlovlar Yangiliklar

“Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik tanlovi

Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirining 2022-yil 26- apreldagi “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik tanlovini OTMlarda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha buyrug‘iga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasida 2022-2023- o‘quv yili sentabr oyining dastlabki o‘n kunligida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik tanlovinining fakultet bosqichi, ikkinchi o‘n kunligida Akademiya bosqichi bo‘lib o‘tadi. “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik tanlovi uchta shartdan iborat bo‘lib:

Birinchi shart: O‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchi va shoirlarining hayoti va ijodi, ularning badiiy-publististik asarlari bo‘yicha 50 ta savoldan iborat test sinovlari;

Ikkinchi shart : “Men yoqtirgan asar” mavzusida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma`lumotlar – annotatsiya.

Uchinchi shart: “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti: bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun o‘zingiz tahsil olayotgan fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin!!!

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.