1 tashabbus 5 ta muhim tashabbus Bo'lim yangiliklari Talabalar ijodi Yangiliklar

Til millat ko‘zgusi

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Til millat ko‘zgusi» mavzusidagi ma’rifiy tadbirda millatimiz fitratiga jon qadar singib ketgan ona tilimiz haqidagi tarixiy va ayni haqiqatlar o‘z ifodasini topdi.
Talaba yoshlar, akademiya professor-o‘qituvchilari, shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokidagi tadbirga shoirlar dilkash she’rlari bilan, san’atsevar yoshlar dilrabo ohanglar, diltortar kuy va qo‘shiqlar bilan fayz kiritdilar.

 

Yaxshi shifokor bo‘lishdan oldin milliy o‘zlikni anglagan komil inson bo‘lish kerakligi borasida mantiqiy haqiqat ustivor bo‘lgan mazkur tadbirda ko‘p millatli talaba yoshlarimiz o‘z ona tillari va o‘zbek adabiy tilidagi she’riy, musiqiy- badiiy kompozitsiyalari misolida har bir millat ona tilining qadr- qimmati timsolini aks ettirishga harakat qildilar.

 

Namoyish etilgan badiiy sahna ko‘rinishida o‘zligini anglagan millatning ona tili hech qachon yo‘qolib ketmasligi ta’sirchan talqinda ko‘rsatib berildi.

Dunyo tan olgan olimlar bizning tilimizni musiqiy ohanga o‘xshatganda qanchalar haq edi.
Ha har bir insonga ona suti va allasi ohanglari yanglig‘ singib ketgan o‘z ona tili aziz va mo‘’tabardir.

Til millat ko‘zgusi Til millat ko‘zgusi

About the author

Shafoat Beknazarova

Add Comment

Click here to post a comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.